TRIANGUL METALS

Oʻzbekistonda qora metallurgiya sohasida metall ishlab chiqarishda toʻliq qamrovga ega boʻlgan birinchi togʻ-metallurgiya kompaniyasi: ruda qazib olishdan tortib tayyor poʻlat mahsulotlarni ishlab chiqarishgacha

Sayt ishlab chiqilmoqda
Bizning maqsad
Bizning maqsad - mamlakatimiz metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, mahalliy metallurgiya korxonalari va metall savdogarlarining ehtiyojlarini yuqori sifatli xom ashyo hamda, po‘lat mahsulotlari bilan ta’minlash va ularning import xomashyoga bo’lgan qaramligini kamaytirish.
Bizning Hamkorlar:
Biz jahon darajasidagi innovatsion ishlab chiqarishni yaratish uchun, yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz.
Loyihalash
Izlanishlar
Uskunalar yetkazib berish
Autsorsing
Qurilish
Bizning Hamkorlar:

Biz jahon darajasidagi innovatsion ishlab chiqarishni yaratish uchun, yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz.

Bizning yangiliklar
Tebinbuloq koni

Tebinbuloq temir rudasi koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qorao’zak tumanida joylashgan. JORC ​​kodeksiga muvofiq konning taxminiy zaxiralari 1 milliard tonnadan ortiq bo’lib, ular o'rtacha 12,6% - temir va 6,8% - magnetitdan tashkil topgan.

Triangul Metals kompaniyasi ushbu rudani o‘rtacha 67% temir moddasi bo‘lgan konsentratga aylantirish imkonini beruvchi zamonaviy boyitish texnologiyalaridan foydalanadi, bu esa konni iqtisodiy jihatdan foydali va barqaror bo’lishini ta’minlaydi.

Hozirgi kunda Tebinbuloq konida qo‘shimcha geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qo'shimcha qidiruv dasturi yakunlangach, zaxiralar 500 million tonnani, konning umumiy zaxirasi esa 1,5 milliard tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Yiliga 58 million tonna titan magnetit rudasi qazib olish
Tebinbuloq tog’-kon metallurgiya kombinati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zoq tumanidagi “Qorao‘zak” maxsus industrial zonasi hududida joylashgan bo’lib, “Triangul Metals Tebinbulak” bo‘linmasi tarkibiga kiradi. TKMK ichki bozorga yiliga 1,8 million tonnagacha temir rudasi ya’ni, metallurgiya xomashyosini yetkazib beradi.
Ochiq karyer
Yiliga 2,5 million tonna temir rudasi kontsentratidan temir rudasi g’ovaklarini ishlab chiqarish
G’ovvaklash fabrikasi
Temir ma’danidan yiliga 5 mln. tonna temir tarkibli konsentrat ishlab chiqarish
Boyitish fabrikasi
Yillik quvvati 3,6 million tonna gaega bo’lgan, to'g'ridan-to'g'ri qayta ishlangan temir olish
Temirni tog’ridan-to’g’ri qayta ishlash fabrikasi
Kombinat quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Tebinbuloq tog’-kon metallurgiya majmuasi
Barqaror rivojlanish
Metallurgiya sanoati iqtisodiyotning rivojlanishiga o’zining ko’p tarmoqli ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Metallurgiyadagi bitta xodim turdosh sohalarda 7 nafargacha kishini ish bilan ta’minlaydi.
Triangul Metals kompaniyasi 5000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, yaxlit metallurgiya klasterini yaratish nafaqat metallurgiya sanoatiga, balki bir qator turdosh tarmoqlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning ko’p tarmoqli ta’siri mamlakat yalpi ichki mahsulotini 3-3,5 foizga oshiradi. Ushbu loyihaning O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin. Po‘lat va xomashyoga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda va "O‘zmetkombinat" AJ prognozlariga ko‘ra, 2027-yilga borib O‘zbekiston bozori uchun po‘lat importiga bo‘lgan ehtiyoj 6-6,5 mln tonnani tashkil etadi. Tebinbuloq integratsiyalashgan metallurgiya klasteri mahsulotlari import qilinayotgan metall mahsulotlarining salmoqli qismini tashkil etib, O‘zbekiston bozoriga yiliga 1,8 million tonna metallurgiya xomashyosini yetkazib berishni ta’minlaydi.

Hukumat qo’llab-quvvatlovi

Loyihani rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Konni rivojlantirish maqsadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “2023-2025-yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-dekabrdagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuvlari va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 72-son qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-iyuldagi “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus industrial zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumanida Yangi O‘zbekiston massivini qurish to’g’risida”gi 325-son qarori.

  • Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 16 maydagi “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalari hamda “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasini, shuningdek, Qoraoʼzak tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini tashqi yoʼl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 17 maydagi “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qarori;

“Triangul Metals Tebinbulak” MChJ XK Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhimligini yaxshi biladi.

Loyihamizni amalga oshirishda temir rudasini qazib olish va qayta ishlash texnologik jarayonlarining atrof-muhit tarkibiy qismlariga va mintaqaning ekologik va ijtimoiy muhitiga ta'sirini minimallashtirish asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu o’z ichiga, yuqori tozalash darajasi (99%) bo‘lgan uskunalarni qo‘llash hisobiga rudani qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini optimallashtiruvchi ilg‘or texnologiyalardan foydalanish kabi jarayonlarni olib, havoga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytiradi.
Biz mintaqaviy va xalqaro ekologik standartlarga javob berishni ta'minlash uchun, faoliyatimizning atrof-muhitga ta'sirini faol va qat'iy ravishda boshqaramiz va nazorat qilamiz.
Ekologik javobgarlik
Bizning maqsadimiz temir rudasini qazib olish va qayta ishlashning atrof-muhitga ta'sirini doimiy ravishda kamaytirish va yuqori ekologik standartlarga erishishdir.
Karyera
5000 doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Bizning kontaktlar
info@tri-met.com
Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko’chasi, 47-uy
O'zbekiston Respublikasi
Bizning kontaktlar
info@tri-met.com

Davlat va nazorat qiluvchi organlar uchun:
TMT_seсretar@exat.uz
Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko’chasi, 47-uy
O'zbekiston Respublikasi

QK MCHJ "TRIANGUL METALS TEBINBULAK"